Sayt test rejimida ishlamoqda
« Yong'in xavfsizligini
ta'minlash - eng ustuvor vazifa! »
Margʻilon shahridagi savdo kompleksida yongʻin yuzaga keldi
2019-yilning 9-iyun kuni tungi soat 02-05da Fargʻona viloyati Margʻilon shahar YOXB dispetcherlik xizmatiga Margʻilon shahar Pichoqchi mfy Xiyobon koʻchasi 174-uyda joylashgan “Margʻilon umumiy ulgurji savdo kompleksi” MCHJda yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Margʻilon shahridagi savdo kompleksida yongʻin yuzaga keldi

Xabar asosida birinchi boʻlinmalar soat 02-10da voqea joyiga yetib borganida savdo kompleksining keng maydonda qurilish konstruksiyalari va savdo doʻkonlarining tom qismidan quyuq tutun alarash alanga chiqib yonayotganligi maʼlum boʻlgan. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 04-20da qurshab olinib, 05-40da batamom oʻchirilgan. Yongʻinga jami 19 ta asosiy va 3 ta maxsus yongʻin oʻchirish avtomobillari jalb etilgan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin oqibatida savdo kompleksi binosining (tim) taxminan 1575 kv.m maydonidagi qurilish konstruksiyalari va tadbirkorlarga tegishli boʻlgan savdo rastalar, tez yonuvchi materiallaridan (taxta-yogʻoch, DVP, plastik va b.) qurilgan savdo doʻkonlar va ular ichida saqlangan oziq-ovqat mahsulotlari yonib zararlangan. Amalga oshirilgan tezkor harakatlar natijasida savdo kompleksining 8.865 kv.m maydoni saqlab qolinishiga erishilgan. Yongʻinni kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

3 4


Oʻzbekiston Respublikasi FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi

09.06.2019
95
Kalendar
Сентябрь 2017
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
So'rovnomalar
Qanday mavzulardagi yangiliklar sizni boshqalardan ko‘ra ko‘proq qiziqtiradi?
  • Sodir bo'lgan yong'inlar haqida ma'lumotlar
  • Jinoyatchilikka oid yangiliklar
  • IIV yangiliklari
  • Xalqaro hamkorlik
  • Menga baribir

Yong‘in bolalar nigohida
This is Photoshop's version of Lorem Ipsum. Proin gravida nibh vel velit auctor aliquet. Aenean sollicitudin, lorem quis bibendum auctor, nisi elit consequat ipsum, nec sagittis sem nibh id elit. Duis sed odio sit amet nibh vulputate cursus a